press-tur

NARPAYDA 1 MILLIONDAN ORTIQ DARAXT VA KO‘CHATLAR EKILADI

Maʼlumki, yurtimiz bo‘ylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida qilinayotgan ishlar tabiatni asrash va ekologik toza muhit yaratishga qaratilgan.

2023-yilda jami 434 ming 700 ta mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekish rejalashtirilgan bo‘lib, 493 ming 900 ta daraxt hamda buta ko‘chatlari o‘tqazildi. Belgilangan reja 113,62 foizga bajarildi.

Shu kabi, joriy yilda ham bahor mavsumida 625 ming 900 ta, kuz mavsumida esa 375 mingta katalpa, shumtol, qayrog‘och, aylant, pavlovniya, terak, akatsiya, tut, jiyda, uzum, sharq tuyasi, kompakt tuyasi, tol, yong‘oq va boshqa turdagi mevali hamda manzarali daraxt ko‘chatlari ekish reja qilib olingan.

Bugun "Navqiron Narpay" gazetasi muxbirlari va yosh ijodkorlar uchun press-tur tashkil qilindi.

Press-tur davomida jurnalist va blogerlarga tuman hokimining o‘rinbosari hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan joriy yilda tashkil eitilshi rejalashtirilgan daraxt ekish maydonlari, ko‘chatlar zaxirasi va rejalar xususida batafsil maʼlumotlar berib o‘tildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM