TAJRIBA ALMASHISH - TARAQQIYOTNING SAMARALI USULI

Kuni-kecha davlatimiz rahbari boshchiligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida istiqomat qiluvchi Sharofat Noriyevaning gulchilik, tadbirkorlik, xotin-qizlar bandligini taʼminlash hamda ekologiyani toza saqlashga hissa qo‘shish borasida qilgan ishlari alohida eʼtirof etildi.

Shu munosabati bilan Narpay tumani hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari boshchiligida tegishli tashkilot masʼullaridan tarkib topgan ishchi guruh Sharofat opaning faoliyati bilan tanishish hamda tajriba almashish maqsadida, Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida tumanimiz masʼullari gulchilik klasterini tashkil qilgan tadbirkor ayolning ish faoliyati bilan tanishdi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM