#Mahallabay_ishlash

NAVBATDAGI O‘RGANISH MANZILI: DEDAN MFY

Dastavval, birinchi sektor rahbari Dedan mahallasida sektor shtabi aʼzolari, "Mahalla yettiligi" aʼzolari, umumtaʼlim maktabi va maktabgacha taʼlim tashkiloti boshliqlari, tibbiyot maskani xodimlari, patronajlar hamda faollar ishtirokida uchrashdi.

So‘ngra, yaqinda ushbu mahalla fuqarosining do‘konida sodir etilgan o‘g‘irlik jinoyati masalasi muhokama qilindi.

Muhokama so‘ngida "Mahalla yettiligi", ko‘chaboshilar va jamoatchilik boshchiligida yashil makon loyihasi bo‘yicha ko‘chat ekishga yer maydonlarini tayyorlash, Xonabod tajribasi asosida obodonlashtirish, mahalla infratuzilmasi va fuqarolar turmush tarzini yana-da yaxshilash, ayniqsa, aholi tomorqasidan unumli foydalanishni yo‘lga qo‘yish va bunda amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha alohida ish olib borish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shundan so‘ng, Samarqand davlat chet tillar instituti Narpay filiali hamda uning huzurida tashkil qilingan Narpay xizmat ko‘rsatish texnikumida bo‘lib, uning faoliyati, taʼlim jarayoni va issiqlik tizimi ko‘zdan kechirildi.

Shu kabi, ushbu mahalladagi namunali oilalardan bo‘lgan, o‘z xonadoni tomorqasidan unumli foydalanayotgan Oybahor momo Eshmamatova hamda Komil Asadovlar xonadonlarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Bunda, qishning qahratonida ham bir qarich yerdan oqilona foydalanib daromad olayotgan xonadon sohiblari mahalla ahliga o‘rnak bo‘la olishi taʼkidlandi.

Sektor aʼzolari 3 kun davomida ushbu mahallada o‘rganish olib boradilar. Sektor aʼzolariga masala va takliflari bor fuqarolar murojaat qilishi mumkin.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM