QAYERGA BORSANG, DASTAVVAL BOZORIGA BOQ...

"Mirbozor bozori" MCHJ bozoridagi savdo rastalari holati, joylashuvi, sovuq kunlarda xaridorlar va sotuvchilarga yaratilgan qulayliklar, bu yerdagi tartib intizom, savdo xodimlarining noqonuniy qurilmalar qurilishini oldini olish kabi holatlari bo‘yicha tumanimiz rahbarlari va tegishli tashkilotlar vakillari tomonidan o‘rganish olib borilganligini xabar qilgan edik.

Shu kunlarda, bozorlardagi barcha kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlar boshlab yuborilgan. Noqonuniy obyektlar va tartibsizliklar yuzasidan qonuniy choralar ko‘rilmoqda.

Tuman hokimi sektor rahbarlari, bozor va undagi mahsulotlar xavfsizligi, bozor hududida tartib saqlash hamda xaridorlar va sotuvchilarga qulaylik yaratishga masʼul bo‘lgan tashkilotlar bilan uchrashdi.

Shuningdek, o‘rganishlar davomida berilgan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar jarayoni ko‘zdan kechirildi.

Bu kabi ishlarni jadal suratda davom etish yuzasidan masʼullarga aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, muddatlar belgilandi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM