XITOYLIK YANA BIR YIRIK INVESTOR NARPAYDA

Tadbirkorlik faoliyati har bir davlatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi va aholi bandligini taʼminlashda katta o‘rin tutadi. Shu bois, yurtimizda ishbilarmonlarga o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi hamda kengaytirishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar tobora kengayib bormoqda.

Tumanimiz rahbarlarining Xitoy davlatiga qilgan safarlaridan keyin, so‘ngi vaqtlarda chet ellik yirik investorlarning tumanimizga kirib kelishi tobora ortmoqda. Xususan, Xitoy davlatidan tashrif buyurayotgan ko‘pgina tadbirkorlar o‘z loyihalarini ishga tushirish uchun aynan bizning tuman hududini maʼqul ko‘rishib, turli manfaatli takliflar bilan kelishyapti.

Bugun ham Xitoy davlatining Sian provensiyasidagi Fu-Cheng Zhang korxonasining rahbari mister Jon tumanimizga tashrif buyurib, tuman hokimi bilan muzokara olib bordi.

Muzokara davomida tumanimiz hududidan M 37 xalqaro yo‘li hamda temiryo‘l kesib o‘tganligi, bu esa har qanday ishlab chiqaruvchi korxona faoliyati uchun juda qulayligi taʼkidlandi.

Qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi ushbu korxona avvaliga tumanimizda qishloq xo‘jaligi texniklarini yig‘ish, keyingi bosqichda esa, ushbu texnikalarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish istagida ekanligini bildirdi.

Uchrashuv so‘ngida, chet ellik mehmonga hurmat ifodasi sifatida esdalik sovg‘alar topshirildi.

Mazkur loyihani bo‘yicha muzokaralar davom etadi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM