OBOD BO‘LSIN BIZ UNGAN ZAMIN

Tumanimizdagi asosiy va ichki yo‘l yoqalarida, barcha tashkilot, korxona, tadbirkorlik subyektlari, fermer xo‘jaliklari yer maydonlarida va mahallalarda, ko‘chalar hamda ularning chetini, suv yo‘llarini tozalash, shuningdek, binolar tashqi qismini tartibga keltirish ishlari bo‘yicha, keng miqyosdagi hashar ishlari boshlanishini maʼlum qilgan edik.

Hozirda, barcha hududlarda yuqoridagi masalalar bo‘yicha amaliy ishlar boshlab yuborilgan.

Jumladan, suv yo‘llari tozalanib, betonlashtirilyapti. Asosiy va ichki ko‘chalar, ularning yoqalari, qabristonlar, binolar tashqi qismi tartibga keltirilib, bo‘sh turgan yer maydonlari, ariqlar chetiga turli gullar, mevali, manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazilmoqda.

Bu kabi ishlar hududlar bo‘ylab davom etib boradi.

Shu o‘rinda, barchangizdan ushbu obodonlashtirish ishlariga befarq bo‘lmasdan, faol ishtirok etishingizni, shu qatorda, o‘zingiz yashab turgan joy hamda faoliyat olib borayotgan ishxonangiz hududida bahorgi saranjomlashtirish, "Yashil makon" loyihasi asosida ko‘chat ekish ishlarini boshlashingizni so‘rab qolamiz.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM