DIQQAT!

Oqtosh shahrining markaziy chorrahasi maxsus kameralar bilan jihozlandi.

Mazkur kameralar ishga tushirilgandan so‘ng, quyidagi qoidabuzarliklarni aniqlashga xizmat qiladi.

Svetoforning taqiqlovchi signaliga bo‘ysunmasdan kirishi va o‘tishi;

Transport vositalari haydovchilarining yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga yo‘l harakati qoidalarini buzgan holda chiqishi;

1.1 chizmasi talablariga rioya qilmaslik.

Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini oshirib yuborishi;

Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yo‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmasdan to‘xtash chizig‘ini bosib kirishi va o‘tishi.

Yo‘l harakati qoidalariga amal qilmasdan, o‘zimiz va atrofdagilar hayotini xavfga qo‘ymaylik!

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM