ENG NAMUNALI MAHALLA RAISI TANLOVI O‘TKAZILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ning 22-bandi hamda Respublika mahallalarni qo‘llab-quvvatlash kengashining 1-sonli majlis bayonida belgilangan “Eng namunali mahalla raisi” tanlovini o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori bo‘yicha, mazkur ko‘rik-tanlovning tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tanlovning sektor bosqichida g‘olib deb topilgan mahallalar raislari ishtirok etib, o‘zlari istiqomat qilayotgan mahallalarda olib borilayotgan ishlarni tanlov shartlari bo‘yicha targ‘ib qilishdi.

Qoziyoqli, Farovon, Guliston va Birlik mahallalarida faoliyat yurituvchi raislar ushbu tanlovda, 3 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdi.

Tumanimizda uzoq yillar turli sohalarda faoliyat yuritgan aʼzolardan iborat hakamlar hayʼati tomonidan baholangan tanlov natijalariga ko‘ra, munosib nomzodlar tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritib, tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Bundan tashqari, tadbir nihoyasida mahalla aholisi tomonidan to‘lanadigan yer mulk solig‘i va boshqa kommunal to‘lovlarni to‘lashdagi targ‘ibot ishlarida faollik ko‘rsatgan No‘g‘ay mahallasi jamoasiga ham, qimmatbaho sovg‘alari hamda tashakkurnomalar topshirildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM