KO‘P QIRRALI YОSH TUMANDOSHIMIZ

Toshkent shahrida sportning badiiy gimnastika turi bo‘yicha 2007-2020 yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida "Spring Sup" nomli Respublika o‘smirlar oliy sport mahorati maktabi ochiq chempionati musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Unda tumanimizdagi 3-MTM tarbiyalanuvchisi Nafosatxon Shamsiddinova o‘zining mahorati va tezkorligi bilan 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Bor yo‘g‘i 7 yosh bo‘lishiga qaramay Nafosatxon, anchagina izlanuvchan, zakovatli hamda tirishqoq qiz. Bundan avval ham, Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan mental arifmetika musobaqasining respublika ochiq olimpiadasida g‘olib bo‘lib, tanlovning Turkiya davlatida bo‘lib o‘tadigan dunyo davlatlari o‘rtasidagi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritganligi xususida xabar bergan edik.

Joriy oyda ushbu tanlovning xalqaro bosqichi tashkil qilinishi kutilmoqda. Yosh tumandoshimizga dunyo davlatlari bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqada ham g‘alabani qo‘lga kiritishini tilab qolamiz.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM