PILLACHILIK - QISQA MUDDAT DAVOM ETUVCHI SERDAROMAD SOHA

O‘zbekiston — ipakchilik sohasida boy tajriba, yuksak salohiyatga ega mamlakat hisoblanadi.

Tumanimizda pillachilikni rivojlantirish, pilla yetishtirishni yangi bosqichga olib chiqish, sohadagi ayollar faolligini yana-da oshirishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Unda viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi bosh mutaxassisi, tuman hokimining tegishli o‘rinbosari, viloyat “Agropilla” bosh agronomi hamda tuman "Samarqand silk AO" MCHJ pillani qayta ishlash korxonasi masʼullari ishtirok etishdi.

Dastlab, tajribali pillakor va agronomlarning pilla yetishtirishning muhim jihatlari xususidagi taqdimotlari tinglandi. Xususan, Vetnam va Xitoy tajribasi asosida sanoat usulida ipak qurti boqish, pilla yetishtiruvchilarning moddiy manfaatdorligini oshirish bo‘yicha maʼlumotlar berildi.

Shu bilan birga, barcha xotin-qizlar 8-mart bayrami munosabati bilan qutlandi va eng ilg‘or pillakorlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM