AYOL - MATONAT SOHIBASI

Imkoniyati cheklangan odam ham sidqidildan harakat qilsa ko‘p yutuqlarga erishishi mumkin. Buni bir tumandoshimiz amalda isbotladi.

Toshkent shahrida "Xotin qizlar kubogi" ommaviy sport musobaqasining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda tumanimizning Totkent mahallasida istiqomat qiluvchi Munisa Toshmamatova par shaxmat sport turi bo‘yicha faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Ha, ayol - matonat sohibasi. Yosh tumandoshimiz Munisani ham sabr-bardoshi va intiluvchanligiga qoyil qolmasdan iloj yo‘q.

Unga omad tilagan holda, kelgusida bundanda ulkan marralarni zabt etishini so‘rab qolamiz.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM