NARPAY TIBBIYOTIDA BAYRAM KAYFIYATI

Bahor yangilanish davri. Uning bor chiroyini namoyon qiladigan ayyomlardan biri 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kunidir.

Tuman tibbiyot birlashmasida bu bayram o‘zgacha tarzda nishonlandi. Erta tongdan tibbiyot birlashmasi darvozasi oldida tibbiyot masʼullari saf tortishdi.

Saharlab ishga shoshayotgan, qaysidir yaqinini ko‘rgani oshiqib kelayotgan va tun bo‘yi bemorlar dardi ila mijja qoqmagan tibbiyot xodimalari hamda barcha xotin-qizlarga gullar ulashildi.

Shundan so‘ng, taqdirlash marosimi tashkil qilinib, unda o‘z kasbiga vijdonan yondashib kelayotgan xodimalarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM