NARPAYLIK SPORTCHILAR ENDI RESPUBLIKA MILLIY TERMA JAMOASI SAFIDA

Joriy yilning 3-8-mart kunlari Farg‘ona shahrida sportning qo‘l jangi turi bo‘yicha yoshlar va kichik o‘smirlar (o‘g‘il bolalar va qiz bolalar) o‘rtasida O‘zbekiston chempionati musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu musobaqada ishtirok etgan tumanimizdagi bolalar va o‘smirlar sport maktabi o‘quvchilarining 6 nafari yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

Jumladan, Malika Hamzayeva 1-o‘rin,  U.Shukurova, Sh.Hasanova, N.Davlatova, B. Sag‘dullayev hamda Z. Sayfiddinovalar 3-o‘ringa munosib deb topildi.

Eʼtiborlisi shuki, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan tumandoshlarimiz Respublika milliy terma jamoasi tarkibiga kiritildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM