YANA 5000 MINGA YAQIN KO‘CHAT O‘TQAZILDI

Tumanimizda "Yashil makon" loyihasi asosida bahor mavsumidagi ko‘chat ekish ishlari boshlab yuborildi.

Barcha hududlarda, tashkilotlarda va mahallalarda manzarali, mevali daraxt hamda buta ko‘chatlari o‘tqazilmoqda.

Jumladan, tuman madaniyat bo‘limi, 13-27-son musiqa va sanʼat maktablari xodimlari tomonidan Oltin buloq MMTP hududida 4500 ta terak va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Bu kabi ishlar tuman bo‘ylab joylarda davom etadi.

Hurmatli fuqarolar, siz ham o‘zingiz yashayotgan hududda hamda faoliyat olib borayotgan ishxonangizda ko‘chat o‘tqazib, yashil makon yaratishdek xayrli ishlarga o‘z hissangizni qo‘shing.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM