UYG‘ONISH DAVRIDA - ISHLAR AVJIDA

Uyg‘onish fasli bo‘lmish bahor nafasi ufurib, kunlar isiy boshladi. Shu sabab, tumanimizda keng miqyosdagi bahorgi ishlar boshlangan. Barcha hududlar bo‘ylab joylarda obodonlashtirish, aholi tomorqasidan unumli foydalanish hamda ko‘chat o‘tqazish bo‘yicha ishlar boshlab yuborilgan.

Shu bois, tuman hokimi hafta boshida barcha mahalla (yettiligi) xodimlari, faollar, ko‘chaboshilar hamda Xorazm tajribasi bo‘yicha mahallalarga biriktirilgan masʼullar bilan yuqoridagi masalalar yuzasidan zoom platformasi orqali qisqa muddatli muloqot o‘tkazdi.

Suhbat davomida, asosiy eʼtibor bahor mavsumida amalga oshiriladigan ishlar, hududlarni obodonlashtirish hamda xonadonlardagi tomorqalarga poliz ekinlarini ekishga qaratildi. Shu qatorda, soliq hamda kommunal to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lashni taʼminlash, bu borada targ‘ibot ishlarini olib borish masalalari ham muhokama etildi.

Shundan so‘ng, tuman hokimi Do‘stlik mahallasida bo‘lib, fuqarolar va yoshlar qabulini o‘tkazdi.

Qabulda, shag‘allashtirish, gaz ballon, elektr energiyasi, kontrakt to‘lovlari kabi masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi. Barcha murojaatlar ro‘yxatga olinib, tegishli masʼullarga yo‘naltirildi.

Qabuldan so‘ng, aholi tomorqalarining holati bilan tanishildi. Xususan, Mardiqul Karimov xonadonida bo‘ldi. Bu moʻjaz xonadon sohibi asalari parvarishlash bilan shug‘ullanadi. 200 quti asalarilar ortidan o‘tgan yilda 200 million so‘mdan ortiqroq daromad olgan.

Ha, harakat qilgan, aql bilan mehnat qilgan kishi albatta rohat topadi. Kichik imkoniyatlardan unumli foydalanib, ulkan ishlarni amalga oshirsa bo‘ladi. Faqat chin dildan xohish bo‘lsa bas. Bunga Mardiqul bobo qilgan ishlar yaqqol namuna bo‘la oladi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM