Toshkent shahrida mental arifmetika bo‘yicha xalqaro olimpiada bo‘lib o‘tdi.
5 ta davlatlardan tashrif buyurgan qatnashchilar ishtirok etgan musobaqada tumanimizning jajji zukko bolajonlari yuqori natijalarni qayd etishdi.
Jumladan, N.Shamsiddinova, M.Mavlonovalar Super chempion deb tan olingan bo‘lsa, B.Eshmurodova, M.Suyunova, I.Ismatillayeva hamda U.G'aybullayevlar 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Ularning barchasi sertifikat, esdalik sovg‘alari va kuboklar bilan taqdirlanib, musobaqaning Turkiya davlatida bo‘lib o‘tadigan keyingi bosqichiga yo‘llanmaga ega bo‘lishdi.