BO‘SH TURGAN YERDAN UNUMLI FOYDALANISHMOQDA

Tumanimizdagi 59-umumtaʼlim maktabi masʼullari maktab hududidagi bo‘sh turgan yerdan unumli foydalanish maqsadida baliqchilik bilan shug‘ullanishni yo‘lga qo‘yishgan.

Hozirda, qariyb 2 sotixli baliq yetishtirish uchun mo‘ljallangan hovuzlarda 40 mingdan ortiq afrika laqqa balig‘i parvarishlanmoqda. Undan tushgan daromad esa, taʼlim dargohining manfaatlari uchun sarflanadi.

Masʼullarning aytishiga ko‘ra, har 1000 dona baliqdan 6 oy ichida 2-3 million so‘mgacha daromad ko‘rish mumkin ekan.

Bundan tashqari bu yerga o‘quvchilar uchun amaliy mashg‘ulot hamda ekskursiyalar tashkil qilinmoqda. Bu esa, yosh avlodni ham kasbga qiziqtirish, ham fanlarni yaxshi o‘zlashtirishida yaxshi samara berishi aniq.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM