FUQAROLAR QABULI - XALQ BILAN ISHLASHNING MAQBUL YO‘LI

Fuqarolar muammolarini o‘rganish, masalalarini yechishda ularga ko‘maklashish maqsadida Xalq qabulxonasida qabul bo‘lib o‘tdi.

Tuman hokimi xalq qabulxonasi mudiri, sektor masʼullari va tegishli tashkilotlar xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan qabulda tadbirkorlik qilish uchun ko‘mak, moddiy yordam, kredit, uy joy masalasi kabi 30 ga yaqin turli mavzudagi masalalar ilgari surildi.

Barcha murojaatlar ijrosi bo‘yicha qonun doirasida ish ko‘rish yuzasidan masʼullarga topshiriqlar berildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM