Bahor faslining kirib kelishi, aholidan tomorqadan unumli foydalanish zarurligini va erta pishar poliz ekinlarini ekib, ichki bozorni taʼminlash borasidagi harakatlarga undaydi.
Oq oltin mahallasida istiqomat qiluvchi Nurbek Sheraliyev o‘z tomorqasida 4 sotixli issiqxona barpo qilgan. Har yili bahor yaqinlashishi bilan u yerga urug‘ qadaydi.
Yetishtiradigan hosilidan yaxshi daromad olish uchun ertaroq ekib parvarishlaydi.
Hozir ham uning tomorqasida pomidor ko‘chatlari gullab-yashnamoqda. Bobodehqon tez kunlarda hosilni xalq dasturxoniga yetkazish harakatida.