"UYG‘ONISH DAVRIDA ISHLAR QIZG‘IN" - RAHBARLAR VA MASʼULLAR HUDUDLAR BO‘YLAB...

Izg‘irinli kunlar ortda qoldi. Dalalarda bahor nafasi ufurmoqda. Tozalikni xush ko‘radigan xalqimiz allaqachon obodonlashtirish ishlarini boshlab yubordilar.

Tuman hokimi boshchiligida barcha o‘rinbosarlar, sektor va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, mahalla yettiligi maxsus avtobusda yurib, tumanimiz bo‘ylab amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdilar.

Aholi xonadonlarini tartibga keltirish, binolar tashqi qismiga rang berish, yo‘l yoqalarini tozalash, ko‘chatlar o‘tqazish, gulzorlashtirish, bir so‘z bilan aytganda, hududni yana-da ko‘rkamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.

M-37 yo‘li hamda Xatirchi-Oqtosh yo‘nalishidagi asosiy yo‘l atrofini obodonlashtirish bo‘yicha masʼullarga aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Aziz tumandoshlar! Siz ham bahorgi tozalash, obodonlashtirish, tartibga keltirish ishlarida faol ishtirok eting. Zero, obodlik, ozodalik va tartib bor joyda baraka bo‘ladi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM