Hurmatli fuqarolar, davlat tashkilotlari!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 61-sonli qaroriga asosan, 2023-yilning 1-yanvar sanasidan eʼtiboran mamlakatimizda tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, barcha tashkilotlarda ish yuritish hujjatlari va boshqa hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ishlab chiqish, qabul qilish va e’lon qilish amaliyotini to‘liq joriy qilish belgilab qo‘yilgan.

Shu sababli, ish yuritish hujjatlarini lotin alifbosida olib borishingiz talab qilinadi. Aksincha bo‘lsa, qonunchilikda belgilangan tartibda taʼsirchan choralar ko‘rilishi to‘g‘risida ogohlantiramiz.
"Davlat tili haqida"gi Qonun

 10-modda: Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalarida ish yuritish, hisob-kitob, statistika va moliya hujjatlari davlat tilida yuritiladi.

 24-modda: O‘zbekiston Respublikasida davlat tiliga yoki boshqa tillarga mensimay yoki xusumat bilan qarash taqiqlanadi.

Fuqarolarning o‘zaro muomala, tarbiya va ta’lim olish tilini erkin tanlash huquqini amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladilar.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM