NAVRO‘Z SHUKUHI HUDUDLAR BO‘YLAB DAVOM ETMOQDA

Navro‘z bayrami munosabati bilan o‘tkazilayotgan bayram sayllari 4-sektor hududidagi mahallalarda istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun ham bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman hokimi sektor rahbarlari hamrohligida ishtirok etib, barchani qutlug‘ ayyom bilan samimiy tabrikladi.

Mushkent mahallasida tashkil qilingan shukuhli tantanada milliyligimizni ifodalovchi sport o‘yinlari, raqslar, taomlar va liboslar ko‘rgazmalari omma eʼtiboriga havola etildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM