MAHALLA TIZIMINNING FAOL XODIMLARI E'TIROF ETILDI

22-mart – Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan tumanda faoliyat yuritayotgan mahalla raislari uchun tadbir tashkil qilindi. 

Bir piyola choy ustida bo‘lgan suhbat chog‘ida tuman hokimi Sherzod Rahmonov yig‘ilganlarni Navro‘zi olam va bugungi mahalla tizimi xodimlari kuni bilan tabrikladi.

Shu kabi bir qator faol mahalla raislariga tuman hokimligining tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.

Tadbir qatnashchilari madaniyat bo‘limi sanʼatkorlari tomonidan ijro etilgan diltortar kuy-qo‘shiqlardan bahramand bo‘ldilar.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM