Viloyat hokimining Mang'it mahallasini ogʻir hudud toifasidan chiqarish boʻyicha chora-tadbirlariga asosan bir qator ishlar amalga oshirildi.
Bunda, mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash, obodonlashtirish, aholi bandligini ta'minlash masalalari boʻyicha yo'l xaritasi ham ishlab chiqilgan.
Mazkur chora-tadbirlar asosida mahalla ichki yo'llarining 1 kilometr 700 metr qismiga asfalt qoplamasi yotqizildi.
Asfaltlash ishlari "Kattabek qurilish" MCHJ tomonidan amalga oshirilgan bo'lib, qurilish uchun 800 million so'm pul mablagʻlari yo'naltirilgan.