BIRLAMCHI TIZIMDAGI TIBBIY KO‘RIKLAR DAVOM ETMOQDA

Tuman tibbiyot birlashmasida faoliyat olib boruvchi tor soha mutaxassislari tomonidan mahallalar bo‘ylab joylarda o‘tkazilayotgan tibbiy ko‘riklar davom etmoqda.

Tibbiy ko‘riklar davomida asosan, 3-4-xavf guruhiga kiruvchi bemorlarni sog‘lomlashtirish hamda ularga tibbiy amaliy yordamlar ko‘rsatish ko‘zda tutilgan.

Har bir bemor o‘z shikoyatlari, xavf guruhi, kasallik turi bo‘yicha chuqur tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilyapti.

Bu kabi ko‘riklardan maqsad aholiga tibbiyot sohasini yana-da yaqinlashtirish va ularga qulaylik yaratishdir.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM