YOSHLAR UCHUN YANGI IMKONIYAT

Tumanimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni bandligini taʼminlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, dehqonchilik qilish istagida bo‘lgan va mahalla yettiligi  tomonidan tavsiya etilgan 25 nafar yoshlarga ekin yetishtirish uchun yer maydonlari ajratib berildi.

Yoshlar bilan uchrashuvda tuman hokimi o‘rinbosarlari, yoshlar ishlariga masʼul rahbarlar hamda tajribali fermer hamda dehqonlar ishtirok etib, dehqonchilik madaniyati, berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish hamda suvni isrof qilmaslik foydalanish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi.

Tumanimizda jami 1275 nafar yoshlarga serunum yer maydonlari ajratib berilishi rejalashtirilgan.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM