“VIJDON” GURUHLARI FAOLIYATI DAVOM ETMOQDA

Maktabgacha taʼlim sohasi uzluksiz taʼlim tizimining dastlabki bo‘g‘ini hisoblanib, u har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlash, ularda Vatanni sevish, u bilan g‘ururlanish hissini uyg‘otish, dunyoqarashini kengaytirishda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu bois, tuman hokimligi tashabbusi bilan ushbu sohada uzoq yillardan buyon faoliyat olib borayotgan faxriy insonlar jamlanib, “Vijdon” guruhi tashkil qilingan.

Bugun mazkur guruh aʼzolari tumanimizdagi MTT larda bo‘lib, u yerdagi holat, taʼlim sifati, ish yuritish hujjatlari va boshqa masalalar yuzasidan o‘rganish olib bormoqda.

O‘rganishlar natijalari tahlil qilinib, kamchiliklarni bartaraf qilish, pedagoglar salohiyatini yana-da oshirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berilib, metodik va amaliy yordamlar ko‘rsatilyapti.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM