BOKS BO‘YICHA VILOYAT ChEMPIONATI O‘TKAZILDI

O'smiralar o'rtasida sportning boks turi bo‘yicha viloyat chempionati musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada viloyatimizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan yosh avlod vakillari ishtirok etib, o‘zaro kuch sinashdi.

Natijalarga ko‘ra, Narpay tuman sport maktabining 3 nafar sportchi-o‘quvchilari yuqori o‘rinlarni egallab, Respublika chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Yosh sportchilarimizga omad tilab qolamiz.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM