70 YOSHLI NAMUNALI TOMORQACHI

Narpay mahallasida yashovchi Aysha momo Yuldosheva tomorqadan unumli foydalanish borasida barchaga o‘rnak bo‘la oladi.

Qariyb 14 yil oldin 3 sotix issiqxona tashkil qilib faoliyat boshlagan nuroniy, hozirda 7 sotixli issiqxonada shahd bilan mehnat qiladi.

A.Yuldosheva birgina tomorqasining o‘zidan yiliga 45-50 million so‘m daromad olmoqda.

Issiqxonada yetishtirilgan mahsulotlarni nafaqat tumanimizning ichki bozori, balki, qo‘shni tumanlar va qo‘shni viloyatlarga ham talabga ko‘ra yetkazib beryapti.

Respublika va viloyat ishchi guruhi masʼullari, tuman hokimi va mahalla vakillari shijoatli onaxon bilan uchrashib, samimiy suhbat qurdi.

Shundan so‘ng ular o‘z tomorqasida yetishtirgan mahsulotlari evaziga oilasi farovonligini taʼminlab, el dasturxoni to‘kinligiga munosib hissa qo‘shayotgan qariyb 70 yoshli nuroniyga minnatdorchilik bildirib, tomorqa borasida qilayotgan ishlari barchaga o‘rnak ekanligini taʼkidlashdi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM