KO‘P QAVATLI UYLARDA HOLAT YAXSHI(MI?)

Tuman hokimi Tinchlik mahallasidagi ko‘p qavatli turar joy binolarida istiqomat qiluvchi aholi yashash sharoiti bilan tanishish maqsadida uchrashuv o‘tkazdi.

Xalq qabulxonasi mudiri, tegishli tashkilotlar masʼullari va ko‘p qavatli uylarda yashovchi fuqarolar ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuv davomida aholi turmush tarzida noqulaylik tug‘dirayotgan masalalar o‘rganildi

Bunda, 8 va 9-uylarda istiqomat qilivchi fuqarolar tomonidan ichimlik suvi, tabiiy gaz kabi yana bir qator sohalar bo‘yicha murojaatlar qilindi. Ilgari surilgan barcha masalalar yuzasidan masʼullarga aniq ko‘rsatma, topshiriqlar berilib, muddatlar belgilandi.

Uchrashuv so‘nggida aholi tomonidan to‘lanmayotgan shirkat qarzdorliklari to‘lash lozimligi va bu to‘lovlar o‘zlarining yashash sharoitini yana-da yaxshilashga xizmat qilishi taʼkidlandi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM