“REKLAMA TO‘G‘RISIDA”GI QONUN AMALDA

Bugun tumanimizning Mirbozor – Xatirchi yo‘nalishidagi tadbirkorlik obyektlarining tashqi reklamalar, jumladan, peshlavha, reklama, eʼlon va boshqa axborot matnlarining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni meʼyorlariga mosligi tuman hokimi maslahatchisi Sarvar Jabborov rahbarligida tegishli idora mutasaddilari bilan o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida tadbirkorlar tomonidan bir qator qonun buzilish holatlari aniqlandi. Reklama vositalarining yaroqlik muddati o‘tgan hamda qonun talablariga mos kelmaydiganlari aniqlanib, joyida bartaraf etildi va qonun talablariga mos ravishda o‘rnatilishi bo‘yicha tegishli tushuntirish ishlari olib borildi.

Xuddi shunday, tumanning boshqa hududlarida ham ishchi guruh faoliyat olib boradi.

Hurmatli tadbirkorlar, tadbirkorlik obyektingizga reklama o‘rnatishda “Davlat tili haqidagi” hamda “Reklama to‘g‘risida”gi qonun talablariga rioya qiling.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM