TO‘G‘RI HISOBOT TOPSHIRISH HAM VIJDON ISHI

Tadbirkorlik faoliyatini yuritib, statistika hisobotini hajmsiz ko‘rsatgan va umuman hisobot topshirmagan yuridik shaxslarning xatti-harakati davlatdan daromadni yashirish deb baholanadi.

Tuman hokimi tegishli masʼullar va statistika hisobotini hajmsiz ko‘rsatgan va umuman hisobot topshirmagan tadbirkorlar ishtirokida muhokama o‘tkazarkan yuqoridagi fikrlarni bildirib o‘tdi.

Har bir tadbirkor bilan uning mehnat faoliyati, turi haqida alohida suhbat olib bordi.

Shu kabi, noto‘g‘ri hisobot topshirgan tadbirkorlarga qayta hisobot topshirilishi lozimligi, anchadan faoliyat yuritmayotgan subyektlar ishini jonlantirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Bundan tashqari, soliqdan qarzdorlik vujudga kelgan ishbilarmonlarga ham soliq to‘lovlarini amalga oshirishlari bo‘yicha tushuntirib o‘tildi.

Shundan so‘ng, tuman hokimi birinchi sektor hududidagi statistika hisobotini hajmsiz ko‘rsatgan va umuman hisobot topshirmagan tadbirkorlar faoliyatini o‘rgandi.

Huddi shunday muhokamalar bir vaqtning o‘zida boshqa sektor shtablarida bo‘lib o‘tdi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM