BUGUN O‘YLAMAY QILINGAN ISH, ERTAGA KATTA ZARAR OLIB KELISHI MUMKIN

Bahor mavsumi kutilmagan ob-havo iqlimi va yog‘ingarchiliklarga boy fasl sanaladi. Kunlar isigani sabab kimdir yashash xonadonida, kimdir tadbirkorlik uchun mo‘ljallangan binolarda qurilish ishlarini boshlab yuborgan.

Albatta, tumanimizda qad rostlayotgan yangi, zamonaviy binolar atrof ko‘rkiga ko‘rk qo‘shadi. Ammo, bunyod etilayotgan barcha katta-kichik tadbirkorlik binolari hamda yashash xonadonlarning qurilish jarayonlarida arxitektura normalariga to‘liq amal qilinishi shart.

Xususan, qurilish ishlari tufayli ichki suv yo‘llarining berkilib qolishi aynan bahor mavsumidagi keskin kuchayib ketadigan yog‘ingarchilik sabab noxush vaziyatlar kelib chiqishi ehtimoli yuqori.

Unutmang! Sizning kichik eʼtiborsizlik bilan qilayotgan ishingiz o‘zingiz va boshqalarning katta zarar ko‘rishiga olib kelishi mumkin.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM