YOSH TUMANDOSHLARIMIZ XALQARO OLIMPIADA ISHTIROKCHISI

Mental arifmetikasi –bu san’at va aql idrokni rivojlantiruvchi yuqori sifatli dastur bo’lib, yosh avlodga diqqatni jamlash, mantiq, tasavvur qilish va kengaytirish, analitik hamda ijodiy fikrlashini yanada rivojlantirishda katta foyda beradi.

Tumanimizda ham aynan mental arifmetika bo'yicha sezilarli yutuqlarga erishilmoqda. Jumladan, bugun Samarqand shahrida mental arifmetika bo'yicha viloyat olimpiadasi bo'lib o'tdi.

Unda mental arifmetika o'qituvchisi Durdona O'rinova boshchiligida tumanimizning 18 nafar zukko, bilimdon bolajonlari ishtirok etdi.

Quvonarlisi, ularning 5 nafari Nazarali Shuhratov, Imona Ismatullayeva, Abduqodir O'ktamov, Parizoda Anvarova, Shaxzoda Islomiddinovalar oliy o'rinlarga loyiq ko'rilib, Antaliya shahrida boʻlib o'tadigan Xalqaro olimpiadaga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Bundan tashqari yosh tumandoshlarimizning yana 7 nafari 1-o'rinni egallagan bo'lsa, qolgan 6 nafari 2-o'rinlarga sazovor boʻldi.

Ishonamizki, bu kabi bilimga chanqoq bolajonlar kelajakda yurtimiz va xalqimizga xizmat qiladigan yetuk kadrlar bo'lib ulg'ayadi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM