NARPAYLIK TADBIRKORLAR VA FAOLLAR NAMANGANDA

Mamlakatimizda tadbirkorlarga munosib sharoit yaratish uchun joylarda texnopark va kichik sanoat zonalari tashkil etilmoqda. Namangan viloyatida bunday majmualar soni 73 taga yetdi.

Davlatimiz rahbari ham Namangan viloyatiga tashrifi davomida kichik sanoat zonalarida tashkil etilgan korxonalaridagi ish jarayonini ko‘zdan kechirib, shu yerda Namanganda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan ham tanishgan edi.

Tumanimiz hokimligi tashabbusi bilan Narpay tumanidagi kichik sanoat zonalari tadbirkorlari va tijorat banklari rahbarlari Namangan viloyatidagi kichik va yoshlar sanoat zonalarida qilingan ishlar bilan tanishish, tajriba almashish va amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun tuman hokimining o‘rinbosari va savdo-sanoat palatasi tuman rahbari boshchiligida Namangan viloyatiga jo‘nab ketishdi.

Dastlab, delegatsiya aʼzolari Namangan shahridagi "Barkamol avlod" kichik sanoat zonasida bo‘lishib, ushbu sanoat zonasi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Barkamol avlod kichik sanoat zonasida "Balance tex" MJCH, "Sifat yog‘och mebel" MCHJ hamda "Master class dizay" MCHJ faoliyati bilan tanishgan delegatsiya aʼzolari tadbirkorlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlarni yuqori baholadi.

Shuningdek, ular bilan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi masʼullari va 7 ta mahalla raislari shaharda amalga oshirilgan obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini o‘ganishmoqda.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM