Янгиликлар

AHOLI UCHUN YANA BIR QULAYLIK

"Mirbozor bozoriʼʼ MCHJ to‘g‘risida avtoturargoh yonida Agrobank ATBning zamonaviy smart (aqlli) ofisi ishga tushirildi.

Ushbu smart ofisda inson omilisiz konvertatsiya, bank plastik kartalarini ochish, infokioska, naqdlashtirish va naqd pulni plastik kartaga o‘tkazish kabi 10 ga yaqin xizmatlardan foydalanish mumkin.
______

#TAYINLOV

Samandarov Asliddin Azimjon o‘g‘li –  Tuman hokimligi tashkiliy-kadrlar  guruhi birinchi toifali mutaxassisi etib tayinlandi.

Hozirga qadar u Xalq deputatlari Narpay tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi vazifasida faoliyat yuritib kelgan.
___

NURONIYLAR QADRI ULUG‘

Respublikamiz bo‘ylab, 31-iyuldan, 31-avgustga qadar “Nuroniylar tibbiy ko‘rigi oyligi” bo‘lib o‘tmoqda.

Shu munosabati bilan tumanimizning barcha hududlaridagi ham keksa otaxon va onaxonlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilyapti.

QONUN BARCHAGA BAROBAR

“Samarqand suv taʼminot” masʼuliyati cheklangan jamiyati Narpay tumani bo‘limi tomonidan ichimlik suvidan behuda foydalanish va tarmoqqa noqonuniy ulanish holatlari bo‘yicha reyd tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbir davomida, Ko‘k ota mahallasi hududida, fuqarolarning ichimlik suvi tarmog‘iga quvurlarni qonunga zid ravishda ulangan holatlari aniqlandi.

KITOB ENG YAXSHI DO‘ST

Yoshlarni kitobxonlikka jalb qilish va ularda kitobga nisbatan mehr uyg‘otish maqsadida  Yoshlar ishlari agentligi Narpay tuman bo‘limi, tuman madaniyat bo‘limi, hamda Axborot kutubxona markazi hamkorligida “Kitob bayrami” maʼrifiy tadbiri tashkil etildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM