Янгиликлар

MATBUOT XODIMLARI EʼTIBORDA

 Bugun yurtimiz bo‘ylab, Matbuot va ommaviy axborot vositasi xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

Jumladan, tumanimizda ham “Navqiron Narpay” va “Nigoh” gazetasi tahririyati xodimlari, boshqa ommaviy axborot vositasi vakillari hamda mustaqil blogerlar uchun tuman hokimligi tomonidan dasturxon yozildi.

MATBUOT XODIMLARI

"O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan jurnalist" Rizo Xudoyqulov "Paxtakor ovozi" ("Navqiron Narpay"), Navoiy viloyatining "Do'stlik bayrog'i", Jinoyat ishlari bo'yicha Narpay tuman sudining "Nigoh" gazetalarida samarali faoliyat yuritgan.
__

MATBUOT XODIMLARI

Uzoq yillar jurnalistika sohasida faoliyat yuritgan, "Yilning eng faol va iqtidorli jurnalist - 2013" viloyat ko'rik-tanlovi g'olibi Maqsud Mirzayev bugun garchi boshqa sohada ishlayotgan bo'lsada, qadrdon dargohi - tahririyatni hali-hamon sog'inadi.

SALOM TAHRIRIYAT!

MATBUOT XODIMLARI

"Navqiron Narpay" gazetasiga 40 yildan ortiq vaqt muharrirlik qilib kelayotgan Toshpo'lat Toshmurodovning xizmatlari hukumatimiz tomonidan munosib taqdirlangan. Iqtidorli jurnalistning ko'kragini "Shuhrat" medali bezab turibdi.......
_

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM