Янгиликлар

PROFILAKTIK EMLASH

Tumanimiz bo‘ylab hayvonlarni yuqumli kasalliklarga qarshi profilaktik emlash jarayonlari olib borilyapti.

Shu kunlarda, tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi tomonidan Sarbozor va No‘g‘ay mahallalarida parvarish qilinayotgan chorva mollari hamda uy hayvonlari yuqumli bo‘lgan kasalliklarga qarshi emlanmoqda.

SUV KELTIRGAN ELDA AZIZ

Narpay tumanida joriy yil davomida hashar va tegishli dasturlar orqali 210 km tarmoq tortishni rejalashtirgan. Ushbu ishlar natijasida yil yakuniga qadar ichimlik suvi tarmog‘i bilan taʼminlash tuman bo‘ylab, 63,9 dan 75 foizga ko‘tariladi.

Yil boshidan hozirga qadar 85.7 kilometr tarmoq tortildi.

EʼTIROFGA LOYIQ MADANIYAT XODIMI

Narpay tuman madaniyat va turizm bo‘limi rahbari Xurshid Gadayev O‘zbekiston Veteran jangchi faxriy va nogironlari Birlashmasi tomonidan "Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Taqdirlash marosimida, unga ko‘krak nishonni tuman Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i topshirdi.
______

PROFILAKTIK SUHBAT

Bir guruh fuqarolar uyushgan holda tamagirlik, tovlamachilik hamda bosqinchilik yo‘li bilan odamlardan pul undirish va mol-mulkini talon-taroj qilish bilan muntazam ravishda shug‘ullanib kelishgan.

Uchuvchisiz apparatidan tuman hududida qonunga xilof ravishda foydalangan fuqaroga ham javobgarlikka tortilgan.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM