Янгиликлар

QABUL JARAYONI BOSHLANDI

Narpay tuman Ixtisoslashtirilgan maktabiga 2023/2024-o‘quv yili uchun hujjatlar qabul qilish jarayonlari boshlangan.

Ayni paytda ushbu maktabda 316 nafar o‘quvchi taʼlim olmoqda. Shu yil 5-sinfga 48, 7-sinfga 24 nafar o‘quvchi qabul qilinadi.

JASORAT MAKTABIDA

Tuman IIB JXX Probatsiya bo‘limi tomonidan nazoratda turgan bir nechta yoshlar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlariga qarashli “Jasorat” maktabida kasb-hunarga o‘qitildi.

Shuningdek, ularga "Raqamli texnologiyalar" va “Tadbirkorlik” yo‘nalishlari bo‘yicha sertifikatlar berildi.

PROFILAKTIK SUHBAT

Aksariyat hududlarda harakatlanish qoidalariga rioya etmaslik oqibatida ayanchli avtohalokatlar sodir etilgan.

Dedan va No‘g‘ay mahallalari fuqarolari o‘rtasida o‘tkazilgan profilaktik suhbat davomida ushbu holatlar muhokama etildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM