Янгиликлар

LOYIHALAR AMALDA

Birinchi sektor hududidagi “Salovat” mahallasida “Narpay Ideyal” oilaviy korxonasi tomonidan yangi loyiha ishga tushirildi. Loyiha qiymati 1 milliard so‘m bo‘lgan korxona yiliga 50 tonna sellofan paketlari ishlab chiqarish quvvatiga ega.

RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI!

Bu galgi "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" muddatli harbiy xizmatga chaqiruv yoshidagi yoshlar ishtirokida o‘tkazildi.

Uchrashuvda tuman hokimi o‘rinbosari va tuman mudofaa bo‘limi boshlig‘i Oliy harbiy bilim yurtlariga o‘qishga kirish tartibi va davlatimiz tomonidan yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar xususida so‘z yuritdilar.

SPORTCHILARGA QULAYLIK!

Jazirama yoz kun sayin o‘z taʼsirini ko‘rsatib boryapti. Bu esa bolajonlarga kunduzlari sport bilan shug‘ullanishda noqulaylik tug‘diradi. Ayni shu sababdan, tumanimizdagi bir qancha umumtaʼlim maktablardagi sport o‘yingohlariga tungi yoritgichlar o‘rnatilmoqda.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM