Янгиликлар

PROFILAKTIK TADBIR

Tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan Barkamol mahallasi hududidan kesib o‘tgan Narpay kanali yoqasida profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Xodimlar yoshlarga belgilanmagan joylarda cho‘milish oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noxush holatlarning oldini olish yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borishdi.
_________

Hashar – elga yarashar

PIYODALAR UCHUN YO‘LAKCHA QURILYAPTI

Azaldan ota-bobolarimiz har qanday xayrli ishni hashar orqali amalga oshirishgan. Ushbu anʼanani davom ettirgan holda bugun tumanimizning barcha hududlarida hasharlar uyushtirilib, obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

NOQONUNIY BINO QURMANG!

Bugun aholining uy-joyga bo‘lgan ehtiyoji ortmoqda. Biroq bu o‘zboshimchalik bilan noqonuniy uy qurib olish mumkin degani emas.

Masalan Navro‘z mahallasida yashovchi fuqaro fermer xo‘jaligiga qarashli sug‘orib haydaladigan yer maydoniga o‘zboshimchalik bilan uy qurib olgan.

“KENGASHLI ISH TARQAMAS”

Narpay va qo‘shni viloyatning Xatirchi tumanini o‘zaro bog‘lab turuvchi ko‘prik juda taʼmirtalab holga kelib qolganligi barchamizga maʼlum.

Shu bois investitsiya dasturi asosida Zarafshon daryosi ustidan o‘tgan ushbu ko‘prikni to‘liq rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.

#Ibrat

OQIBATLI YОSHLARGA TASANNO!

39-umumtaʼlim maktabning bitiruvchi o‘quvchilari katta hayotga qadam qo‘yish oldidan xayrli ishga qo‘l urdilar. Turon mahallasida yashovchi nogironligi bor Ali bobo Toshev xonadonida bo‘lgan yoshlar otaxonga yangi gilam sovg‘a qilishdi. Barchasi birlashib, uning uy ishlariga ko‘maklashdilar.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM