Янгиликлар

QADR MUQADDAS, XOTIRA ABADIY

Ulug‘bek Hasanov Sarbozor mahallasida tavallud topgan. Harbiy xizmatchi 2010 yil 25 avgust kuni o‘quv-mashg‘ulotlaridan qaytishda yo‘l-transport hodisasi tufayli vafot etgan. Uning turmush o‘rtog‘i Feruza Hasanova ikki nafar farzandi bilan Salovat mahallasida yashaydi.

KITOB ENG YAXSHI SOVG‘A

O‘zing taʼlim olgan ilm maskaniga kitob sovg‘a qilish xayrli ishlarning aʼlosidir.  Sen keltirgan kitob necha-necha yosh avlod ongini oshirish va to‘g‘ri yo‘lga boshlashga xizmat qiladi axir.

Samarqand viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i Sodiq Hakimov tumanimizdagi 38-umumtaʼlim maktabi kutubxonasiga 400 dona badiiy kitob sovg‘a qildi.

Murojaat va ijro

QURILISH MOLLARI YETKAZILDI

Ikkinchi sektor rahbari J.Bazarov tomonidan fuqarolar uchun qabul o‘tkazilganda O‘zbekkenti mahallasida yashovchi M.Ergasheva uy-joy taʼmirida amaliy yordam so‘ragan edi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM