Янгиликлар

Dalalardan daraklar

MAHALLIY O‘G‘IT JAMG‘ARILMOQDA

Yerning unumdorligini oshirishda mahalliy o‘g‘it ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois barcha fermer xo‘jaliklari aʼzolari shu kunlarda dalaga mahalliy o‘g‘it jamg‘arishmoqda.

HARBIY QISMDA BAYRAM

Tumanimiz hududida joylashgan harbiy qismda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbiri uyushtirildi. Tadbirda harbiy qism xizmatchilari bilan birga tuman mudofaa bo‘limi xodimlari ham ishtirok etdilar.

YОSHLAR MUAMMOLARI O‘RGANILDI

Tuman hokimining o‘rinbosari Abduqahhor Tojiyev tegishli masʼullar ishtirokida Oltio‘g‘il mahallasida yashovchi yoshlarning muammolarini o‘rgandi.

Mahallaning uyushmagan yoshlari tomonidan bandlik, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish uchun kredit, yer ajratish masalalari yuzasidan murojaatlar tushdi.

YОSHLAR BIZNES-FORUMI

Avval eʼlon qilganimizdek, bugun tuman davlat xizmatlari markazida "Yangi O‘zbekistonni birgalikda quramiz" shiori ostida yoshlar biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimining o‘rinbosari, Investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi, tijorat banklari hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan yoshlar ishtirok etdilar.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM