Янгиликлар

EHTIROM

Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tuman hokimi o‘rinbosari Abduqahhor Tojiyev mudofaa ishlari bo‘limi vakillari hamrohligida tumanda yashovchi ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari holidan xabar oldi. Sobiq jangchilarga  sovg‘alar ulashildi.

QADRLI YURT POSBONLARI!

Ushbu qutlugʻ kunlarda butun xalqimiz mamlakatimiz hayotidagi buyuk tarixiy sanani bayram qilmoqda. Ya’ni, 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi yurtimizda keng nishonlanmoqda.

Hurmatli fuqarolar!

Tuman hokimining o‘rinbosari Abduqahhor Tojiyev Oltio‘g‘il mahallasida istiqomat qiluvchi yoshlar muammolarini o‘rganish maqsadida yoshlar uchun qabul o‘tkazadi.

Qabul 14-yanvar kuni soat 14:00 da Oltio‘g‘il mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 33-umumtaʼlim maktabida bo‘lib o‘tadi.
____

Tuman yoshlari diqqatiga!

Innovatsion g‘oyalar asosida tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan yoshlarni shu yil 14-yanvar kuni soat 10:00da “Yangi O‘zbekistonni birgalikda quramiz” shiori ostida bo‘lib o‘tadigan biznes-forumga taklif etamiz.

Manzil: Oqtosh shahri, tuman davlat xizmatlari markazi binosi.
__

RAHBAR VA YОSHLAR UCHRASHUVI

Tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi Bekzod Shamsiyev hamda DXX masʼullari Xo‘jaqo‘rg‘on mahallasida yashovchi yoshlar muammolarini o‘rgandi.

Yoshlar tomonidan bandlik, ichki yo‘llar taʼmiri, moddiy yordam va boshqa turda murojaatlar tushdi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM