Янгиликлар

SPORT — SOG‘LOM HAYOT GAROVI

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sogʼlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-6099-sonli farmoni ijrosni taʼminlash hamda dam olish kunini maroqli oʼtkazish maqsadida tuman hokimligi xodimlari oʼrtasida mini futbol boʼyicha musobaqa tashkil etildi.

KO‘PRIK QURISH SAVOB

Haqiqat mahallasida 603 ta xonadonda 3371 nafar aholi istiqomat qiladi.

Mahalla hududidan Narpay kanali kesib o‘tgan. Fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida Samarqand viloyat "Ko‘prik qurish" unitar korxonasi tomonidan eni 12, bo‘yi 36 metrga teng bo‘lgan ko‘prik qurilmoqda.

AHOLI DIQQATIGA!

110 kVt Xatinchi tarmog‘ida rejali ishlarning bajarilayotgani sabab bugun –22 noyabr kuni soat 9:30 dan 12:00 ga qadar Mang‘it, Mushkent, Turon, Iymon, Mustaqillik, O‘zbekiston, No‘g‘ay, Dedan mahallalarida elektr energiyasi uzatilishida cheklovlar amalga oshiriladi.

TAYINLOV

Eshniyozov Soxib Sayfiddinovich –  2021 yil 19 noyabrdan Narpay tumani Qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi etib tayinlandi.

Xozirga qadar u Kadastr agentligi Samarqand viloyat boshqarmasining Narpay tuman bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
_________

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM