SIYOSIY-MAʼRIFIY O‘QUV SOATI
30.10.2021 - 11:12Tuman hokimligi majlislar zalida siyosiy-maʼrifiy o‘quv soati bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimligi apparati xodimlari ishtirok etdilar.
Нарпай туман ҳокимлиги
Расмий веб-сайти
Tuman hokimligi majlislar zalida siyosiy-maʼrifiy o‘quv soati bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimligi apparati xodimlari ishtirok etdilar.
"Samarqand suv taʼminot" masʼuliyati cheklangan jamiyatning Narpay tumani bo‘limi idorasi xonalaridagi tartibsizlik, hovlidagi eski qurilish ashyolari, chiqindilar uyumi bu yerda yaqin orada obodonchilikka qo‘l urilmaganligini anglatadi. Hovlisi chiqindixonani eslatadi. Xonalarining suvog‘i ko‘chgan, elektr simlari osilib yotgan devorlari ostida qanday qilib bemalol ishlash mumkin? Nahotki, bu xunuk manzaradan hech kimning tinchi buzilmaydi?
Tuman hokimi Sherzod Rahmonov boshchiligida barcha sektor rahbarlari va mutasaddi tashkilotlar, tadbirkorlik subyektlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari Kattaqo‘rg‘on tumani bilan chegaradosh hududda to‘planishdi. To‘planganlar avtobusda yurib, tumanimiz hududidan o‘tgan M-37 yo‘li hamda Mirbozor-Oqtosh yo‘nalishi bo‘ylab amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdilar.
Tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari maktabgacha taʼlim tashkilotlari masʼullari o‘rtasida targ‘ibot ishlarini olib bordilar.
Kuz-qish mavsumida muassasalarda isitish moslamalarining sozligiga ishonch hosil qilingach foydalanish, yong‘in chiqish holatlarining oldini olish borasida ko‘rsatmalar berildi.
MAHALLA AHLINING MUAMMOLARI O‘RGANILDI
Tuman hokimi to‘rtinchi sektor rahbari – tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i hamrohligida Narpay mahallasi ahli bilan sayyor qabul o‘tkazdi.