Янгиликлар

QALAMKASHLAR BELLASHUVI

O‘zbek tiliga  davlat  tili  maqomi berilgan  kun   munosabati  bilan joylarda tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. O‘zbekiston   Yozuvchilar uyushmasining  tuman bo‘limi, Respublika maʼnaviyat  va maʼrifat markazi   tuman bo‘linmasi, hamda xalq taʼlimi bo‘limi  hamkorligida  "Qadring  baland bo‘lsin, ona tilim" shiori  ostida o‘tkazilgan ijodkor yoshlar ko‘rik-tanlovi shular jumlasidandir.

NARPAYDA YETISHTIRILGAN MAHSULOTLAR SAMARQAND YARMARKALARIDA

Xabaringiz bor 18 oktyabr – “Samarqand shahri kuni” munosabati bilan shu yilning 15-19 oktyabr kunlari Samarqand shahridagi “Marmar dehqon bozori”da “Tabiat saxovati” nomli yarmarka o‘tkazilmoqda.

Ushbu yarmarkada Narpay tumanining usta dehqonlari ham o‘zlari yetishtirgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan qatnashishmoqda.
___________

G‘OLIBLAR TAQDIRLANDI

66-umumtaʼlim maktabida qo‘shni maktablar o‘quvchilari o‘rtasida pnevmatik quroldan o‘q otish musobaqasi o‘tkazildi. Natijalarga ko‘ra, umumjamoa hisobida 64-umumtaʼlim maktabi birinchi, 66-umumtaʼlim maktabi ikkinchi va 62-umumtaʼlim maktabi o‘quvchilari uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM