Янгиликлар

PROFILAKTIK SUHBAT

Tuman ichki ishlar organlari Probatsiya guruhida  nazoratdagi shaxslar ishtirokida profilaktik suhbat o‘tkazildi. Unda  viloyat IIB Probatsiya bo‘limining muhim topshiriqlar bo‘yicha katta inspektori Yahyo Fayziyev, tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari Akmal Hasanovlar ham ishtirok etdilar.

KEKSALAR DOIMO EʼZOZDA

Avval xabar qilganimizdek shu kunlarda mamlakatimizda “Keksalar haftaligi” o‘tkazilmoqda.

Tuman hokimi masʼullar hamrohligida mehnat faxriylari va yakka-yolg‘iz keksalar holidan xabar oldi.

Keksa avlod vakillariga ehtirom ko‘rsatilib, sovg‘alar ulashildi.

EGATLAR ORALAB

Tuman madaniyat bo‘limi xodimlari paxta dalalarida bo‘lib, terimchilar uchun jonli ijrodagi konsert dasturlarini namoyish etishmoqda.

Egatlar oralab qo‘shiq kuylayotgan sanʼatkorlar xizmatidan barcha mamnun.
_______

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM