Янгиликлар

KARATECHILAR KUCH SINASHDI

Narpay tumanining 95 yilligiga bag‘ishlab sportning karate turi bo‘yicha ochiq turnir bo‘lib o‘tdi. Unda Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Paxtachi va Narpay tumanlari karatechilari kuch sinashdilar.

Natijalarga ko‘ra, g‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.
_______

ESHITMADIM DEMANGLAR...

Shu yil 4-oktyabrdan 14-oktyabrgacha soat 18:00 da Oqtosh shahridagi “Yoshlar” istirohat bog‘ida O‘zbek davlat sirkining tomoshalari bo‘lib o‘tadi.

Tuman madaniyat bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan ushbu tomoshalarga barcha hamyurtlarimizni taklif etamiz.
__________

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM