YURT POSBONLARI SHARAFLANDI
28.10.2023 - 16:1625 oktyabr – Ichki ishlar idoralari xodimlari kuni munosabati bilan Narpay tuman hokimligida tantanali tadbir o‘tkazildi. Tadbir oldidan O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi.
Tuman hokimi barcha xodimlar hamda faxriylarni kasb bayramlari bilan tabriklab, sohada faoliyat yuritayotgan fidoiy o‘g‘lonlarga qimmatbaho sovg‘alar ulashdi.